“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 avgustdagi Iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatayotgan, shuningdek, biznesdagi muvaffaqiyatlari hamda ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan bir guruh qurilish materiallari sanoati tarmog‘ida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni taqdirlandi:

Tursunov Sardorjon Yusuf o‘g‘li – Jizzax viloyatidagi “Basalt and composite group” MCHJ rahbari

Yao Bingjun – Jizzax viloyatidagi “Huaxin cement Jizzakh” xorijiy korxonasi rahbari

Boltayev Odiljon Olimjonovich – Samarqand viloyatidagi “Azia metall prof” MCHJ rahbari

Obidova Hilola Ilhomjon qizi – Sirdaryo viloyatidagi “Beton sanoat” MCHJ rahbari

Xafizov Lutfulla Djarullayevich – Toshkent shahridagi “Rangli boʻyoq” MCHJ rahbari

To‘lqinov Baxtiyorjon Akmaljon o‘g‘li – Andijon viloyatidagi “Nil-granit” MCHJ rahbari.

Yuksak mukofot bilan taqdirlangan soha xodimlarini yuksak e’tirof bilan qizg‘in muborakbod etgan holda, keyingi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech