Farg‘ona viloyatida 187,4 mln. dollar bo‘lgan 108 ta loyiha amalga oshiriladi

News image

Farg‘ona viloyatida 2023-2024 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida qiymati 394,3 mln. dollar bo‘lgan 111 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Natijada 3 358 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, 2023 yilda qiymati 187,4 mln. dollar bo‘lgan 108 ta loyiha amalga oshiriladi.

“O‘zsanoatqurilishbank” mijozlari tomonidan joriy yilda qiymati 67,5 mln. dollar bo‘lgan 8 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 283 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Hozirgi kunda 3 ta loyihaga 4,3 mln. dollar kredit mablag‘lari ajratish yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

O‘zbekiston tumanida “Sho‘rsuv” MFY hududida 60 gektar yer maydonida “Sanoat ipotekasi” dasturi doirasida qiymati 55,2 mln dollarlik gips ishlab chiqarish (quvvati-30 ming tonna), ohak ishlab chiqarish (quvvati 60 ming tonna), dekorativ g‘isht (quvvati 30 mln dona), bazalt (quvvati 2,5 tonna), gipsakarton (quvvati 4 ming kv. metr), gazablok (quvvati 200 ming kub metr), fibrosement va sement asosli panellar (quvvati 1 mln kv. metr), keramzit (quvvati 100 ming kub. metr), keramika buyumlari va kafel (quvvati 500 ming dona) va ohaktoshni qayta ishlash (quvvati 10 ming tonna) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

photo_2021-08-26_14-39-55 (2).jpg

Viloyatda yer osti qazilma boyliklari asosan O‘zbekiston, Farg‘ona, So‘x, Dang‘ara, Oltiariq, Yozyovon, Beshariq, Bag‘dod, Uchko‘prik, Toshloq, Quva tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Viloyatda 2 ta yo‘nalishda “Uy-joy qurilish” va "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasterlari tashkil etildi. Jumladan, Viloyatning O‘zbekiston tumanida “Turon Eko Sement” MCHJ “uy-joy qurilish klasteri” sifatida tanlab olindi.

“Turon Eko Sement” MCHJ tomonidan 2023 yilda O‘zbekiston tumani Yaypan shaharchasi Yakkatut MFY hamda Abduraxmon Jomiy MFY hududida 4 ta 5 qavatli (80 ta xonadon) hamda 2 ta 7 qavatli (56 ta xonadon) turar-joylar qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur klaster korxona tomonidan bugungi kunda Temir-beton mahsulotlari (quvvati – 180 ming kub.metr), Qurilish gipsi (quvvati – 330 ming tonna), Pishtgan gisht (quvvati – 5 mln dona), Gips tosh kazib olish (quvvati – 66 ming tonna), Sement (quvvati – 600 ming tonna) ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda Farg‘ona shahrida "TЕT-2001" MCHJ "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasteri sifatida tanlab olindi.

Mazkur "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasteri tomonidan bugungi kunda beton plita ishlab chiqarish (quvvati – 12 ming dona), lotok ishlab chiqarish (quvvati – 10,5 ming dona), tayyor beton ishlab chiqarish (quvvati – 12 ming kub.metr), poydevor uchun beton bloklar ishlab chiqarish (quvvati – 10,5 ming dona), beton ustunlar (stolba) ishlab chiqarish (quvvati – 7,2 ming dona) va sim ishlab chiqarish (quvvati – 12 ming tonna) yo‘lga qo‘yilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech