Farg‘ona viloyatida qurilish materiallari sanoati rivoji raqamlarda

News image

Farg‘ona viloyatida qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan 963 ta korxonalar tomonidan 2022-yilda 2,7 trln.so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan, 12,0 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilinib va 1,1 mlrd. dollar investitsiyalar jalb qilingan.

So‘nggi 5 yilda viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha katta o‘zgarishlar bo‘ldi.

Xususan, 1,8 trln. so‘mlik 355 ta yangi investitsiya loyihalari amalga oshirlgan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati 1,3 trln.so‘m yetkazildi hamda 7953 ta yangi ish o‘rinlar yaratildi. Jumladan,

"KNAUF GIPS BUXORO" MCHJ XK (Farg‘ona filiali) (gipsokarton), "KVARTS" AJ (qurilish oyna, "EKOKERAMA" MCHJ (sanfayans), "Farg‘ona Yasin qurilish mollari" MCHJ QK (sement), "Korona Gips" MCHJ (gipsokarton), "Golden valley fasteners" MCHJ (burama mix), "Agro Impex Valley" MCHJ (metal konstruksiya), "Khat Decor" MCHJ (DSP laminat mahsulotlari), "ART SOFT CERAMICS" MCHJ (keramogranit plitalar), "Shaffof Sement Sanoat" MCHJ QK (sement), "T.E.T-2001" MCHJ (temir beton), TERRA NOVA SEMENT MCHJ (sement), “YAYPANGIPS” MCHJ (gips), "Moderna Cement Industries" MCHJ QK (sement), "Dober Ideal Universal" MCHJ (izolyatsion oboy), “Azamat savdo Ziyo” MCHJ (burama mix), “Turon eco cement group” (sement) kabi korxonalar ishga tushirildi.

IMG_5538.jpg

Farg‘ona viloyatida qurilish materiallari sanoatida 2023-yilda 3,9 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 119 foiz) va 39,8 mln. dollarlik (o‘sish 130 foiz) mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yilda viloyatda 185,0 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi (o‘sish 134 foiz).

Hududda yer osti qazilma boyliklari asosan O‘zbekiston, Farg‘ona, So‘x, Dang‘ara, Oltiariq, Yozyovon, Beshariq, Bag‘dod, Uchko‘prik, Toshloq, Quva tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xususan,

  • Ohak ishlab chiqarish uchun ohaktosh 27 580,4 ming tonna;
  • G‘isht-cherepitsa homashyosi 11 623,4 ming kub.m;
  • Qurilish ishlari va silikat buyumlar ishlab chiqarish uchun qumlar 3 247,0 ming kub.m;
  • Qum-shag‘al aralashmasi 115 083,7 ming kub.m;
  • Tabiiy pardozbop toshlar 635 ming kub.m;
  • Qurilish toshlari 16 155,1 ming kub.m;
  • Gips va angidrit 46 575,8 ming tonna;
  • Dag‘al keramika uchun gillar 10 932,8 ming kub.m;
  • Keramzit xomashyosi 1 086,0 ming kub.m;
  • Shisha xomashyosi 276,3 ming tonna;
  • Mineral bo‘yoqlar uchun xomashyo 2 160,6 ming tonna;
  • To‘g‘onlar qurish uchun xomashyo 31 207,1 ming kub.m;

Farg‘ona viloyatida 2023-yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida qiymati 163,6 mln. dollar bo‘lgan 107 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 2 214 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

2 ta yo‘nalishda “Uy-joy qurilish” va "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasterlari tashkil etildi. Jumladan,viloyatning O‘zbekiston tumanida “Turon Eko Sement” MCHJ (Aloqabank mijozi) “uy-joy qurilish klasteri” sifatida tanlab olindi.

photo_2021-08-26_18-18-24.jpg

“Turon Eko Sement” MCHJ tomonidan 2023-yilda O‘zbekiston tumani Yaypan shaharchasi Yakkatut MFY hamda Abduraxmon Jomiy MFY hududida 4 ta 5 qavatli (80 ta xonadon) hamda 2 ta 7 qavatli (56 ta xonadon) turar-joylar qurilib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur klaster korxona tomonidan bugungi kunda Temir-beton mahsulotlari (quvvati – 180 ming kub.metr), Qurilish gipsi (quvvati – 330 ming tonna), Pishtgan gisht (quvvati – 5 mln dona), Gips tosh kazib olish (quvvati – 66 ming tonna), Sement (quvvati – 600 ming tonna) ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda Farg‘ona shahrida "TЕT-2001" MCHJ
(O‘zsanoatqurilishbank mijozi) "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasteri sifatida tanlab olindi.

Mazkur "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasteri tomonidan bugungi kunda beton plita ishlab chiqarish (quvvati – 12 ming dona), lotok ishlab chiqarish (quvvati – 10,5 ming dona), tayyor beton ishlab chiqarish (quvvati – 12 ming kub.metr), poydevor uchun beton bloklar ishlab chiqarish (quvvati – 10,5 ming dona), beton ustunlar (stolba) ishlab chiqarish (quvvati – 7,2 ming dona) va sim ishlab chiqarish (quvvati – 12 ming tonna) yo‘lga qo‘yilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech