Fevral-mart oylarida qurilish materiallari korxonalari tomonidan 47,8 ming dona manzarali, mevali, ko‘chat va butalar ekildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 29-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 6-sonli bayoni  xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 144-F/43-sonli farmoyishiga muvofiq Respublika hududlarida joriy yil bahor-kuz mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etishga qaratilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan fevral-mart oylarida bir qator ishlar amalga oshirildi:

Uyushma tomonidan “Qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan “Yashil belbog‘”larni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi.

IMG_0668.jpg

IMG_0670.jpg

Unga ko‘ra sohada faoliyat yuritayotgan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rta toifaga mansub  ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 2024 yil bahor mavsumining 25-mart xolatiga jami  47,8 ming dona manzarali, mevali, ko‘chat va butalar ekilishi ta’minlandi. Jumladan, 33.7,0 mingta manzarali, 9.3 mingta mevali daraxtlar, ko‘chatlar ekilishiga erishildi.

Uyushma tomonidan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qilinib “Yashil belbog‘”lar barpo etish uchun jami 92.4 gektar yer maydonlari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi;

IMG_0674.jpg

IMG_0676.jpg

“Yashil belbog‘” dasturi doirasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlariga tutash hududlarda “Yashil belbog‘”lar barpo etishlarida loyihalash ishlari bo‘yicha “Yashil loyiha” instituti bilan shartnoma tuzishlarida, ko‘chat xarid qilish, yetkazib berish va parvarishlash bo‘yicha “Yashil hudud” DUK va uning hududiy filiallari, “O‘rmonqurilish” DUK hamda o‘rmon xo‘jaliklari bilan hamkorlikda faoliyat yo‘lga qo‘yildi.

IMG_0678.jpg

IMG_0686.jpg

Uyushma mutaxassislari tomonidan soha korxonalarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarining amalga oshirilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borildi hamda ko‘chatlarni ekishning prognoz ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan doimiy texnik va konsultativ maslahatlar berib kelinmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech