Germaniya bilan hamkorlikda investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

News image

Germaniya O'zbekiston biznes investitsion forumiga tashrif doirasida Arton va Wehrhahn Gmbh kompaniyalari O‘zbekistonda avtoklavlangan gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha ikkita yangi zavod uchun Germaniya ishlab chiqarish liniyalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladilar.

Joriy yilning 2-may kuni O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida Arton hamda Wehrhahn GmbH vakillari uchrashishdi, unda ishlab chiqarish liniyasini yetkazib berish 2023-yilda, ishga tushirilishi esa 2024-yil oxiriga mo‘ljallangan Urganch hamda Andijon shaharlaridagi avtoklavlangan gazbeton ishlab chiqaruvchi ikkita yangi zavod uchun Germaniya ishlab chiqarish liniyalarini yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzolandi. Shuningdek, kompaniya vakillari 2024-2025-yillarda Navoiy hamda Termiz shaharlarida ikkita yangi zavod qurish, ishlab chiqarish liniyasini yetkazib berish va zavodlarni ishga tushirish bo‘yicha memorandumni ham imzoladilar.

Andijon shahridagi zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 600 000 m3ni, Urganch shahrida 300 000 m3ni, umumiy qiymati esa 46 million yevroni tashkil etdi. Termiz hamda Navoiy shaharlaridagi gazobeton ishlab chiqaruvchi yangi zavodlar ham Germaniya ishlab chiqarish liniyalari bilan jihozlanadi.

Termiz shahrida yiliga 300 000 m3 ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan gazbeton zavodi, Navoiy shahrida esa yiliga 600 000 m3 ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan gazbeton zavodi hamda 2 250 000 m2 fibrosement panellari zavodi quriladi. Memorandumning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil qildi.

Memorandumni imzolashda kompaniyalarning bosh rahbarlari ishtirok etishdi: Wehrhahn Gmbh prezidenti janob Dr. Klaus Boneman va Arton kompaniyalar guruhi bosh direktori janob Aripov Z.Z. Mazkur shartnoma O‘zbekiston hamda Germaniya o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech