Gipsoakril panellari qanday qurilish materiali?

News image

Gipsoakril bu siz uchun yaxshi tanish bo‘lgan gipsokartonning kelajagidir. Gipsoakrilning ustunlik tomoni - uning ustki qoplamasi oddiy karton emas, balki tayyor bo‘yalganligidadir. Ya’ni unga maxsus ishlovlar va rang berish shart emas. Gipsoakrilni didingizga qarab rangini tanlaysiz va devoringizga shunchaki o‘rnatasiz. Bu esa uyni ta’mirlashdagi xarajatlaringiz va vaqtingizni bir necha barobarga kamaytiradi. Gipsoakrilni o‘rnatishning turli uslublari bor. Ulardan eng ma’quli bu tutashmalardagi maxsus qoplamalardir. Ularni ham gipsoakrilning rangi va uslubiga qarab tanlash mumkin. Ba’zida bu qoplamalar xonaning uslubini to‘ldirib turuvchi element sifatida ham ishlatiladi. Gipsokarton bilan ishlaydigan ustalar hech qanday qiyinchiliklarsiz gipsoakril panellarini ham o‘rnatishlari mumkin. Hozirda gipsoakrildan interer dizaynerlar keng foydalanishmoqda. Bu mahsulot ularga intererning yangicha uslubini yaratish va ta’mirlash ishlarini sifatli hamda tez tugatish imkonini beradi.

unnamed.jpg

Gipsoakril panellarini qayerlarda ishlatish tavsiya etiladi?

Odatda gipsoakril panellarini kattaroq maydonga ega bo‘lgan inshootlarda ishlatish foydaliroqdir. Bularga: universitetlar, maktablar, ofislar, klinikalar va mehmonxonalar kiradi.

Yuqorida aytilganidek gipsoakril panellari katta hajmga ega bo‘lgan maskanlarni tez va sifatli ta’mirlash imkonini beradi. Shu sabab bu mahsulotga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda.

Gipsoakril panellari yordamida eski yoki yangi uylarning devorini o‘zgacha uslub bilan ta’mirlash mumkin. Shuningdek, panellar xona haroratini ushlab turish, dog‘ va kir bo‘lganida esa bemalol artib tozalash xususiyatiga ham egadir.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech