Hamkorlik istiqbollari muhakama qilindi

News image

Joriy yilning 18-avgust kuni  “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyumshasida “Kvаrts” AJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Uyushma rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda dastlab, mamlakatimizda qurilish oynasi ishlab chiqarish, unga bo‘lgan talab haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, amalga oshirilishi kutilayotgan investitsiya loyihalari haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga uyushma va jamiyat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, eksport va ishlab chiqarishda o‘sishni ta’minlash, yangi bozorlarni o‘rganish bo‘yicha fikr bildirildi. Korxonada mavjud muammo va takliflar tinglandi.

IMG_9309.jpg

IMG_9316.jpg

Yig‘ilishda “Kvаrts” AJ faoliyati tahlil qilindi va kelgusidagi rejalar belgilandi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech