Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ortmoqda

News image

Bugungi kunda qurilish materiallariga bo‘lgan talabni qoplash bo‘yicha import mahsulotlarni mahalliylashtirish orqali narx barqarorligiga erishilmoqda. Xususan, 2021-yilda issiqlik saqlovchi izolyatsiya materiallarining qoplanish darajasi 67 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda ushbu ko‘rsatkich 74 foizni tashkil etdi hamda 2023-yil yakuniga kelib, 81 foizga yetkazilishi kutilmoqda.

Sement esa 2021-yildagi qoplanish darajasi 85 foizdan 2022-yilda 88 foizga ko‘tarildi va 2023-yilga kelib, 95 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Qurilish oynasining 2021-yildagi qoplanish darajasi 82 foizdan 2022-yilda 84 foizga oshdi va 2023-yilda 90 foizga yetkazilishi mo‘ljallanmoqda. Keramik sanitar-texnik buyumlari 2021-yilda 69 foizlik ehtiyojni qoplagan bo‘lsa, 2022-yilda 75 foizga ko‘tarildi va 2023-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 79 foizga ortishi kutilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech