- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “IMRERIAL GRANITE” MCHJ – eng namunali eksportchi korxona
8 Apr 2024
214
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha Respublikada yetakchi korxonalardan biri “IMRERIAL GRANITE” MCHJ joylashgan. Korxonada yiliga 150 ming kv metr barcha turdagi tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqariladi. E’tiborlisi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 40 foizi eksportga yo‘naltirilgan. Bu yerda nafaqat mahalliy balki, xorijdan keltirilgan pardozbop toshlarni topishingiz ham mumkin.
Korxona to‘liq Italiya va Turkiyaning so‘nggi rusumdagi texnologiyalari bilan jihozlangan. “IMRERIAL GRANITE” MCHJda marmar, granit, travertin toshlaridan katta hajmdagi plitalar (slyab) ishlab chiqarish faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
E’tiborlisi, korxona mahsulotlari Italiya, Turkiya, Gretsiya, Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etadi.
Mazkur korxona pardozbop tabiiy toshlar ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchi sanaladi. Bu yerda tayyorlangan mahsulotlar nafaqat qo‘shni davlatlar balki Yevropada ham xaridorgir.