«IMRERIAL GRANITE» MCHJ yirik eksportchilar biri

News image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha Respublikada yetakchi korxonalardan biri «IMRERIAL GRANITE» MCHJ joylashgan. Korxonada yiliga 150 ming kv metr barcha turdagi tabbiy pardozbop toshlar ishlab chiqariladi. E’tiborlisi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 40 foizi eksportga yo‘naltirilgan.

2 23-10-2023.jpg

3 23-10-2023.jpg

Bu yerda nafaqat mahalliy balki, xorijdan keltirilgan pardozbop toshlarni topishingiz mumkin. Korxona to‘liq Italiya va Turkiyaning so‘nggi rusumdagi texnologiyalari bilan jihozlangan. «IMRERIAL GRANITE» MCHJda marmar, granit, travertin toshlaridan katta xajmdagi plitalar (slyab) ishlab chiqarish faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Korxona mahsulotlari Italiya, Turkiya, Gretsiya, Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda munatazam ishtirok etadi.

4 23-10-2023.jpg

5 23-10-2023.jpg

E’tiborlisi, korxonada san’at darajasida ishlab chiqarilgan pardozbop toshlar nafaqat qo‘shni davlatlarga, balki Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinadi. Yildan-yilga eksport geografiyasi oshmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech