Joriy yil yakuniga qadar 35,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

Joriy yilning 9 oyida tarmoq korxonalari tomonidan 486,4 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 109,2 foizga bajarildi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

IMG_9512.jpg

Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davtlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma forumlarda ishtirok etishmoqda.

Hisob kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda qurilish materiallari sohasida jami 35,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 115 foizni tashkil etilishi ko‘zda kutilmoqda. Jumladan, joriy yilda 17,0 mln tonna sement, 38 mln kv m qurilish oynasi, 76,0 mln kv m gipsokarton, 39 mln kv m keramik plitka, 3,2 mln o‘ram gulqog‘oz kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

IMG_9730.jpg

2023-yilda 643 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son qaroriga asosan 2023-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 1,8 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 131,2 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech