Joriy yilda 27,6 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

Joriy yilning I yarim yilligida qurilish materiallari sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 15,0 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 108 foizni tashkil etdi.

Ushbu davrda sohaga 758 mln dollarlik investitsiyalar jalb etildi (o‘sish 128%), 287,0 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi (o‘sish 2 barobar), 268,0 mln dollarlik qurilish materiallari importdan olib kirildi (o‘sish 2 barobar), mahalliylashtirish dasturi doirasida 514,9 mlrd so‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarildi (o‘sish 128%).

IMG_3202.jpg

Shuningdek, ushbu davrda 4 833 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etildi (o‘sish 111%).

2022 yil yakuni bilan soha bo‘yicha 27,6 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi, 1,8 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilishi, 690,0 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi, mahalliylashtirish dasturi doirasida 981 mlrd so‘mlik maxsulotlar ishlab chiqarilishi hamda 20 908 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi kutilmoqda. Shuning bilan birga, joriy yil yakuni bilan 470,0 mln dollarlik qurilish materiallari import qilinishi belgilangan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech