Joriy yilda sohada 1,2 mlrd dollar xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan

News image

2023-yil yanvar-iyun oylarida qurilish materiallari sanoatida jami 810 mln. dollarlik investitsiyalar (o‘sish 112%), shundan 564,2 mln. dollarlik (124,5%) xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Joriy yil yakuni bilan sohada jami 2 mlrd dollarlik investitsiyalar, shundan 1,2 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

IMG_9147.jpg

Shuningdek, 2023-yilda Investitsiya dasturiga asosan O‘zsanoatqurilish-materiallari uyushmasi korxonalarining 38 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha jami 268,9 mln dollar investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirilishini ta’minlash rejalashtirilgan.

2023-yil 1-iyul holatiga dastlabki ko‘ra, investitsiya dasturida belgilangan 38 ta loyiha bo‘yicha jami 48,4 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

IMG_9241.jpg

Joriy yilning o‘tgan davrida umumiy qiymati 12,7 mln dollarlik 2 ta loyiha ishga tushirildi. Jumladan:

-“PETRAWOOL” MCHJ QKda 11,7 mln dollar hisobiga 30 ming tonna bazaltdan mineral plitalar ishlab chiqarish tashkil etildi va 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi;

- Olmaliq shahrida “FIBER GLASS COMPOSITE” MCHJda (rejaga qo‘shimcha) 1,0 mln dollar hisobiga 130 ming dona xrizotil-sementli quvurlar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi va 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech