Kadrlar tayyorlashga alohi e’tibor qaratilmoqda

News image

Sohadagi umumiy band xodimlar soni 140 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 7 ming nafari (5 foiz) ma’muriy boshqaruv xodimlari, 21 ming nafari (15 foiz) muhandis va texnologlar, 112 ming nafari (80 foizi) ishlab chiqarish xodimlari hisoblanadi.

Qo‘shimcha ishchi resurslariga ehtiyoj 50 ming nafarni tashkil etadi. Shundan, 40 ming nafar o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar, ya’ni sement maydalovchi, klinker kuydiruvchi, mashinist, konchi, toshtarosh, shishasoz, operator va boshqalar. 10 ming nafari oliy ma’lumotli mutaxassislar bo‘lib, ular kimyogar texnolog, muhandis, energetik va boshqalar.

Bugungi kunda respublikamizning 21 ta oliy ta’lim muassasalarida sohaga kadrlar tayyorlanmoqda.

Respublikadagi muhandis-texnik yo‘nalishdagi oliygohlar tomonidan hududlar ehtiyojidan kelib chiqib, aniq yo‘nalish va tarmoq uchun xorijiy oliygohlar bilan birga, muhandis va texnologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, Toshkent arxitektura va qurilish instituti tarmoqda Turkiyaning ixtisoslashgan oliygohlarini jalb etgan holda muhandis va texnologlar tayyorlaydi. E’tiborlisi, 2026-yilga qadar, qurilish materiallari sohasi uchun 10 ming nafar oliy ma’lumotli mutaxassislar - kimyogar texnolog, muhandis, energetik va boshqalar tayyorlanadi.

Respublikaning 16 ta professional ta’lim muassasalarida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati bo‘yicha mutaxassislar tayyorlayotgan kasb-hunar maktablari va kollejlar bilan hamkorlikda 2026-yilga qadar 40 ming nafar o‘rta-maxsus ma’lumotli mutaxassislar va ishchilar tayyorlanishiga erishiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech