Keramik plitka haqida bilasizmi?

News image

Keramik plitkalari plita ko‘rinishidagi keng tarqalgan qurilish materiali hisoblanib, asosan undan devorlarni, pollarni va shiftlarni qoplash uchun foydalanishadi. Keramik plitkalari kaolin, kvars qumidan, shuningdek har xil qo‘shimchalar va bo‘yoqlarni aralashtirish, so‘ngra presslash va yuqori haroratda kuydirish yo‘li bilan tayyorlanadi.

Keramik plitkalarini tozalash oson, ular namlikka chidamli va undan foydalanish muddati uzoq. Hammom, oshxona, koridorlar, shuningdek, turar-joy bo‘lmagan binolar uchun ishlatiladi. Keramik plitkalarning yuzasi jilosiz (matoviy), yaltiroq (glyanseviy), sirlangan (glazurovaniy) yoki sirlanganmagan (neglazurovaniy) turlarga bo‘linadi. Plitkalar hajmi, shakli, rangi va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan farq qilishi tufayli ularni tanlash imkoniyati juda katta.

IMG_8442.jpg

Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati rivojlandi. Sohaga xorijiy investorlar jalb etildi, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratildi, mavjud quvvatlar modernizatsiya qilindi. Natijada, nafaqat mahalliy, balki jahon bozorida ham “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortdi.

Keramik plitkalarning standart o‘lchamlari, mm:

  • Kvadrat shaklida - 48x48, 100x100, 200x200, 250x250
  • Uchburchak shaklida - 58x83, 68x97, 83x118, 98x139
  • To‘rtburchaklar shaklida - 100x200, 150x200 yoki 300, 200x300, 300x400
  • Olti burchakli - 150x173, 170x196, 200x230.

Plitkaning fizik xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • Zichlik;
  • Sovuqqa chidamlilik;
  • Issiqlik o‘tkazuvchanlik;
  • Olovga chidamlilik.

Zichlik. Zichlik keramik plitka massasi birligining hajm birligiga nisbatiga ishlatiladi. Ushbu qiymat plitkaning boshqa barcha fizik-mexanik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Zichlik qancha yuqori bo‘lsa, mahsulot shuncha mustahkam bo‘ladi, g‘ovaklik qancha past bo‘lsa, issiqlik o‘tkazuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi, namlikning yutilishi shuncha past bo‘ladi.

Sovuqqa chidamlilik. Bu xarakteristika g‘ovaklikka teskari bog‘liq – g‘ovaklik qancha past bo‘lsa, plitkaning sovuqqa chidamliligi shuncha yuqori bo‘ladi.

IMG_8443.jpg

Plitkalarning issiqlik o‘tkazuvchanligi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti - issiqlik va sovuqlik chegarasida joylashgan materialning o‘zi orqali issiqlik o‘tkazish qobiliyati darajasi bo‘lib, λ bilan belgilanadi. Keramik plitkalarni tanlashda shuni bilish kerakki, yuqori g‘ovaklikka ega plitkalar issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentining pastligi sababli faqat devor qoplamasi uchun ishlatilishi mumkin. Bu holda materialning issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlari tufayli undan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Keramika qoplamalarning yong‘inga chidamliligi. Keramik plitkalar yonuvchan emas va ularning har qanday tarkibi qizdirilganda o‘zidan zararli moddalar chiqarmaydi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech