Ko‘rsatilayotgan temir yo‘l xizmati, muammolar va ularni yechimi bo‘yicha muhokama etildi

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida temir yo‘l xizmatlaridan foydalanayotgan qurilish materiallari sanoati korxonalari uchun “Ko‘rsatilayotgan temir yo‘l xizmati, muammolar va ularni yechimi bo‘yicha takliflar” mavzusida “Davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari, tadbirkorlar va yirik korxonalar vakillari ishtirok etishdi.

IMG_0231.jpg

Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov so‘zga chiqib, hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonlari, sohadagi transport logistikasi va eksport-import hajmlari haqida ma’lumot berdi. Tadbirda shuningdek, temir yo‘l xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilish, tariflar, mavjud imtiyozlar haqida ham so‘z yuritildi.

Temir yo‘l mutaxassislari tadbirkorlar savollariga javob berarkan, bugungi kundagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, tadbirkorlar uchun yaratilishi kutilayotgan imkoniyatlar, tariflar va mavjud muammolar haqida batafsil tushuntirish berib o‘tishdi.

IMG_0233.jpg

Yig‘ilishda sement ishlab chiqarishda ko‘mir importida yaratiladigan muammo va imtiyozlar, mahalliy yo‘nalishlardagi narxlar, vagonlardan yuk tushurishda beriladigan vaqtlar, yuk jo‘natishda hujjatlarni elektron rasmiylashtirish, vagon ajratishdagi muammolar tadbir ishtirokchilarining asosiy e’tiborida bo‘ldi.

Tadbirda shuningdek, joriy yilda temir yo‘lda tashishda kutilayotgan o‘zgarishlar, tadbirkorlarga yaratiladigan imkoniyatlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Yirik sanoat korxonalari takliflari tinglandi.

IMG_0236.jpg

IMG_0237.jpg

Uchrashuv so‘nggida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida tadbirkorlar uchun samarali takliflarni shakllantirish, hamkorlikdagi aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

IMG_0241.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech