Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

News image

Bugun – 7-dekabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uyushma ijro etuvchi apparati hamda “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirok etgan bayram tadbiri qiziqarli va sermazmun bo‘ldi.

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Boshqaruvi raisining investitsiya, eksport va iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Ilyos Raximov so‘z olib, bu yilgi bayramning o‘ziga xos jihatlaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida, 2023-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-72-son “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilinganligi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

2-07-12-2023.jpg

3-07-12-2023.jpg

Davlatimiz rahbarining ushbu Farmoyishida joylarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga:

yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston -2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o‘tkazish;

so‘nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va rolini yoritish;

4-07-12-2023.jpg

“Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o‘tilganligini ochib berish;

mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targ‘ib qilish;

5-07-12-2023.jpg

“Konstitutsiya haftaligi”da umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilishi belgilab berilganligini aytib o‘tdi.

Mazkur Farmoyishi ijrosini Uyushma tizimida ta’minlash maqsadida, Uyushmaning 2023-yil 17-noyabrdagi 112-sonli tegishli buyrug‘i qabul qilingan hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanib, Farmoyish va ushbu buyruq nusxalari Uyushma ijro etuvchi apparatining tarkibiy bo‘linmalari,  Uyushma tizimidagi Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi Quvasoy sanoat kolleji, Uyushma tarkibiga kiruvchi “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ hamda Uyushma tarkibidagi korxona va tashkilotlarga yetkazilgan.

6-07-12-2023.jpg

Oxirgi 7 yilda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohatlar natijasida qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi.

Xususan, qurilish materiallari sanoatining yillik ishlab chiqarish, jalb qilingan investitsiya,  eksport, mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari keskin oshdi.

7-07-12-2023.jpg

Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan arxiv hujjatlari asosida tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan hujjatli film qatnashchilar e’tiboriga havola etildi.

8-07-12-2023.jpg

Ushbu film tarixiy faktlarni namoyish qilib, Konstitutsiya yaratilishiga oid atroflicha bilim bergan holda barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yangi tahrirdagi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan, oltita bo‘lim, yigirma yettita bob va 155 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tom ma’noda Yangi O‘zbekistonning hamda yurtimizda yashayotgan har bir yurtdoshlarimizning manfaatini ifodalashi hamda huquqini ishonchli himoya qilishini tadbir qatnashchilar chuqur his qildilar.

9-07-12-2023.jpg

Tadbir so‘nggida Uyushma ijro etuvchi apparati hamda uning tizimidagi tashkilotlar mehnat jamoasi a’zolari Bosh qomusimiz to‘g‘risida o‘zlarining samimiy dil izhorlarini bildirdilar.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech