Mahalliylashtirish dasturi doirasida 1 trln 020,0 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2022 yilda soha korxonalariga 600 mln dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish reja ko‘rsatkichlari. Jumladan, yanvar-sentyabr oylari uchun 396,5 mln dollar miqdorida eksport qilish rejalashtirilgan edi.

Olib borilgan islohotlar natijasida o‘tgan 9 oy davomida 452,6 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 114,1 foizga bajarildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 baravarga ta’minlandi.

IMG_3207.jpg

Jumladan, ushbu davrda 61,4 mln dollar PVX profillar va trubalar, 30,3 mln dollar alyumin profillar, 67,1 mln dollar keramik plitka va keramika mahsulotlari, 33,7 mln dollar quruq qurilish aralashmalari va sementdan bog‘lovchi materiallar, 26,9 mln dollar oboy kabi qurilish materiallarining eksporti amalga oshirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Ozarbayjon, Turkiya, Fidji, Kanada, Ruminiya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 24 yanvardagi PQ-99-son qaroriga asosan 2022 yilda 13 turdagi 980,7 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish belgilangan. Jumladan, joriy yil uchinchi chorak yakuni bo‘yicha mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 833,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan.

photo_2021-08-07_20-53-55.jpg

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyat hokimlkilari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalari natijasida 1 trln 020,0 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 122,4 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Ushbu davrda import o‘rnini bosuvchi keramik plitka, keramik sanitar-texnika buyumlari, linoleum, bezakli oyna, betonlar va qurilish eritmalari uchun qo‘shimchalar, keramogranit va shu kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech