Malayziyalik tadbirkoralr bilan uchrashuv tashkil etildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Malayziyaning “MALAYSIYA TIMBER COUNCIL” kompaniyasi direktori Xayrul Anvar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston-Malayziya davlatlarining o‘zaro do‘stonona munosabatlari, savdo-iqtisodiy aloqalar, jumladan qurilish materiallari sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, eksportni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokara olib borildi.

IMG_7513.jpg

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, sanoat korxonalar va uyushma faoliyati, eksport-import bo‘yicha ma’lumot berdi.

IMG_7514.jpg

Shundan so‘ng, mexmonlar “MALAYSIYA TIMBER COUNCIL” kompaniyasining ishlab chiqarish hajmi, mahsulot turlari va sifati, eksport ko‘lami haqida taqdimot qilishdi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham taklif bildirishdi.

IMG_7515.jpg

Tadbir davomida O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, transport logistikasi, eksport masalasida ham fikr almashildi.

Xayrul Anvar O‘zbekistondagi qurilish materiallari sohasidagi rivojlanishga yuksak baho berarkan, kelgusida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirish, o‘zaro mahsulot eksport ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi.

IMG_7517.jpg

IMG_7520.jpg

IMG_7531.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech