Milliy seminar o’tkazildi

News image

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mеhnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4939-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Deutsche Gesellschaft Furinternationale Zusammenarbeit”ning (GIZ) TexVET loyihasi doirasida O’zbekiston Tarmoq kengashlarini rivojlantirishga bag’ishlangan Milliy seminar o’tkazildi.

2.jpg

Seminar joriy yilning 11-oktabr kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tdi. Seminar davomida TexVET loyihasining xalqaro experti Paul Comyn “Ko’nikmalar bo’yicha Tarmoq organlarining xalqaro modellari” va O‘zbekiston Tarmoq kengashlari o’rtasida o’tkazilgan tadqiqot natijalari haqida gapirib berdi. Mehnat bozori tadqiqotlari instituti direktori Murodullo Xolmuhamedov “Tarmoq sohalarini rivojlantirishda Tarmoq kengashlarining roli“ mavzusi bo’yicha ma’ruza qildi. Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tarmoq kengashlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilar O’zbekiston Tarmoq kengashlarini yanada rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqdilar.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech