“Namangan sement” - xaridorlar ishonchini oqlagan brend

News image

Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan “Namangan sement” MCHJ sement ishlab chiqarish bo‘yicha Farg‘ona vodiysida eng yetakchilardan biri hisoblanadi. Bu yerda yiliga 1,1 mln tonna sifatli sement mahsuloti ishlab chiqariladi. Hozirda korxonada M-450, M-500 markadagi sifatli sement turlari ishlab chiqarilmoqda. “Namangan sement” MCHJda tayyorlangan mahsulotlardan nafaqat bino va inshootlar qurishda balki neft-gaz, suv xo‘jaligi sohalarida ham keng foydalanilmoqda. “Korxona mahsulotlari – mijoz uchun” tamoyilida ish tashkil etilgan. Sement mahsulotining ishlab chiqarilishidan tortib mijozga yetib borguncha nazoratda.

Korxona Xitoyning zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan.

IMG_9456.jpg

Korxona 2022-yilda investitsiya dasturi doirasida qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatini oshirdi. Bu yerda qariyb 1000 nafar namanganlik yoshlar ish bilan ta’minlangan. E’tiborlisi, korxonada tayyorlangan mahsluotlarga nafaqat mahalliy bozorda talab yuqori, balki qo‘shni davlatlardan ham qiziqish ortmoqda.

E’tiborlisi, korxona ishlab chiqarish faoliyatini to‘liq muqobil energiya ya’ni ko‘mirda amalga oshiradi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘mirning 6 foizi mahalliy, qolgan 94 foizi qo‘shni davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Yana bir ma’lumot, korxonaning ekologiyaga ta’sirini kamaytirish maqsadida zamonaviy filtrlar o‘rnatilgan.

IMG_9462.jpg

Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikamizda jami 36 ta sement zavodlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yillik quvvati 29,8 mln tonnani tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda jami sement ishlab chiqarish hajmi 15,1 mln tonnaga yetkaziladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech