Navoiy viloyatida 3,1 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqariladi

News image

Navoiy viloyatida qurilish materiallari sohasida 2022-yil yakuni bo‘yicha 998 ta korxonalar tomonidan 2,7 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan, 71,8 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilinib va 212,9 mln. dollarlik investitsiyalar jalb qilingan.

Navoiy viloyatida qurilish materiallari sanoatida 2023-yilda 3,1 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi (o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 114,8 foiz) va 96,6 mln. dollarlik (o‘sish 134,5 foiz) mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

IMG_9147.jpg

Navoiy viloyatining xomashyo zahirasidan foydalangan holda joriy yilda viloyat investitsiya dasturi doirasida qiymati 171,1 mln dollarlik 52 ta loyihalar amalga oshiriladi, shundan 144,7 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘zlashtiriladi (o‘sish 360 foiz) va natijada 917 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Misol uchun, 2023-yilda Qiziltepa tumanida “Obd Belstroy” MCHJ korxonasining qiymati 3,9 mln. dollarlik yillik 5,0 ming dona temir beton ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi va 60 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

IMG_9160.jpg

Navoiy shahrida “Petrawool” MCHJ qo‘shma korxonasining qiymati 11,7 mln. dollarlik yillik 30 ming tonna bazalt toshidan mineral issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi va 250 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Nurota tumanida "Bid green lion" MCHJ tomonidan 5,1 mln dollarlik investitsiya hisobiga yiliga 100 ming metr.kv granit plitalar ishlab chiqarish tashkil qilinib, 20 nafar yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Viloyatning asosiy qurilish materiallari xom-ashyo zahirasi G‘azg‘on shahri va Karmana, Tomdi, Nurota, Qiziltepa, Xatirchi va Uchquduq tumanlarida joylashgan.

Viloyat hududida 194 ta noruda foydali qazilma konlari zahiralari mavjud.

IMG_9164.jpg

Ma’lumot uchun: 6 ta ohak uchun ohaktosh (114,9 mln t), 2 ta kaolin (15,9 mln t), 5 ta keramzit xomashyosi (15,4 mln m kub), 2 ta gips va angidrit (1,9 mln t), 12 ta g‘isht-cherepitsa xomashyosi (87,4 ming m kub), 1 ta bo‘rsimon jinslar (181,8 ming t), 13 ta qurilish ishlari va silikat buyumlar ishlab chiqarish uchun qumlar (42,8 mln m kub), 20 ta qum-shag‘al aralashmasi (8,7 mln m kub), 1 ta dala shpati xomashyosi va vollastonit (31,7 ming t), 67 ta tabiiy pardozbop toshlar (88,9 mln m kub), 11 ta shisha xomashyosi (113,3 ming t), 44 ta qurilish toshlari (146,3 mln m kub), 1 ta mineral tola uchun xomashyo (3,0 mln t), 9 ta sement xomashyosi (2 061,4 mln t).

Viloyatda asosiy xomashyo zahirasi sement xomashyosi 2,1 mlrd tonna, keramika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kaolin 15,9 mln tonna, qurilish toshlari 42,8 mln kub metrni tashkil etadi.

Viloyatda 2 ta yo‘nalishda "Uy-joy qurilish" va "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasterlari tashkil etildi. Jumladan,

Viloyatning Navoiy shahrida "Minor Millinium" MCHJ (O‘zsanoatqurilishbank mijozi) “uy-joy qurilish klasteri” sifatida tanlab olindi.

"Minor Millinium" MCHJ tomonidan 2023-yilda Navoiy shahrida 3 ta 7 qavatli (189 xonadonli) uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur klaster korxona tomonidan bugungi kunda temir beton maxsulotlari, gazoblok, pishgan g‘isht, beton maxsulotlari, eshik va romlar, quruq qorishmalar ishlab chiqarilmoqda.

Joriy yilda klaster tomonidan qiymati 1,2 mln dollarlik temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda (ish o‘rni 15 ta).

Viloyatda Xo‘jaobod tumanida Sharq Qurilish Servis MCHJ (Qishloqqurilishbank mijozi) "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasteri sifatida tanlab olindi.

Mazkur "Qurilish materiallari ishlab chiqarish" klasteri tomonidan bugungi kunda sheben va qum (quvvati 200 ming metr kub) mahsuloti ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, joriy yilda korxona tomonidan qum-shag‘al mahsulotlari (quvvati 220 ming tonna) ishlab chiqarish quvvatlari ham yaratiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech