O‘tgan 6 oyda 15 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

News image

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida 2022 yil I yarim yilligida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab uyushma tomonidan yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar, investitsiya loyihalari, sanoat korxonalari faoliyati va eksport ko‘rsatkichlari, mahsulotlar sifati hakida batafsil ma’lumot berildi.

photo_2022-08-11_11-25-32.jpg

Ta’kidlanishicha, 2022 yilning I-yarim yilligida soha bo‘yicha jami 15,0 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 108 foizni foizni tashkil etdi.

Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan
5,1 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 103,2 foizni tashkil etdi.

Jumladan, soha bo‘yicha 6,8 mln tonna sement, uyushma bo‘yicha esa 4,4 mln tonna sement, 15,1 mln kv.m 2-mm o‘lchamda – qurilish oynasi, 7,4 mln kv m – keramik plitka, 19,4 mln kv m – gipsokarton, 74,9 ming tonna – quruq qurilish aralashmalari, 934 ming o‘ram – oboy, 62,7 ming tonna – ohak, 86,1 ming tonna – gips kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Vazirlar Mahkamasining 04.04.2022 yildagi № 149-F-sonli farmoyishi bilan 2022 yilda sement ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining parametrlari tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra joriy yilda 16,4 mln tonna sement ishlab chiqarish va shundan 9,5 mln tonnasini birja savdolari orqali sotish belgilangan.

photo_2022-08-11_11-34-32.jpg

Joriy yilning o‘tgan I-yarim yilligida jami 6,8 mln tonna sement ishlab chiqarildi. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 3,6 mln tonna sement (75,2 %) iste’molchilarga yetkazib berilgan.

Bugungi kunda, birja savdolarida 1 tonna sementning o‘rtacha narxi 589,7 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, qurilish oynasining narxi 38,2 ming so‘m, 1 dona shiferning narxi esa 37,1 ming so‘mdan sotilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturi doirasida asosan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida umumiy qiymati 495,7 mln dollar bo‘lgan 21 ta loyiha bo‘yicha joriy yilda 172,7 mln dollar o‘zlashtirish belgilangan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 80,6 mln dollar tashabbuskorlar mablag‘i, 5,0 mln dollar bank kreditlari va 87,1 mln dollar xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 21 ta investitsiya loyihalari bo‘yicha jami 79,9 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi. E’tiborlisi, hisobot davrida 46,5 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida 2022 yil 1-yarim yilligida 867 ta loyiha bo‘yicha 4 trln 690 mlrd so‘mlik mablag‘lar yoki rejaga nisbatan 102,9 foiz o‘zlashtirilgan.

2022 yil 1-yarim yilligida 287 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirilib, belgilangan reja 123,3 foizga bajarildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravarga ta’minlandi.

Joriy yilning o‘tgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistondan tashqari Afg‘oniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Indoneziya, Gruziya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

O‘tgan yarim davomida jami Uyushma tarkibidagi koronalar tomonidan 271 mln dollarlik import amalga oshirilgan. 2022 yil 1-yarim yilligida mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 514,9 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va belgilangan reja 124,1 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Joriy yilning ushbu davrida import o‘rnini bosuvchi oboy, keramik plitka, keramik sanitar-texnika buyumlari, linoleum, bezakli oyna, betonlar, qurilish eritmalari uchun qo‘shimchalar, keramogranit va shu kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish ta’minlangan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech