O‘tgan 6 oyda qurilish materiallari sohasida jami 16,1 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi

News image

Bugun "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasida “Qurilish materiallari sohasida o‘tgan 6 oyda amalga oshirilgan ishlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda mutasaddilar, soxa mutaxassislari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjumanda dastlab, 2023-yil yanvar-iyun oylarida mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi, eksport-import ko‘rsatkichlari, investitsiya loyihalari haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, 2023-yil yanvar-iyun oylarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 16,1 trln. so‘mni yoki o‘sish sur’ati 115,7 foizni tashkil etdi.Jumladan, 8,2 mln tonna sement (119,1%), 30,3 mln kv metr gipsokarton (104,8%), 17,3 mln kv metr qurilish oynasi (106,8%), 16,2 mln kv m keramik plitka (115,1%), 1 375 ming o‘ram gulqog‘oz (110,8%) kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarildi.

2 18-08-2023.jpg

2023-yil yakuni bilan yiliga 7,3 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami Respublikada sement ishlab chiqarish quvvatlari 33,5 mln. tonnaga yetkaziladi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida qurilish materiallari sanoatida jami 810 mln. dollarlik investitsiyalar (o‘sish 112%), shundan 564,2 mln. dollarlik (124,5%) xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Joriy yil yakuni bilan sohada jami 2 mlrd dollarlik investitsiyalar, shundan 1,2 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2023 yilda Investitsiya dasturiga asosan O‘zsanoatqurilish-materiallari uyushmasi korxonalarining 38 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha jami 268,9 mln dollar investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirilishini ta’minlash rejalashtirilgan.

2023-yil 1-iyul holatiga dastlabki ko‘ra, investitsiya dasturida belgilangan 38 ta loyiha bo‘yicha jami 48,4 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida umumiy qiymati 12,7 mln dollarlik 2 ta loyiha ishga tushirildi. Jumladan:

-“PETRAWOOL” MCHJ QKda 11,7 mln dollar hisobiga 30 ming tonna bazaltdan mineral plitalar ishlab chiqarish tashkil etildi va 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi;

- Olmaliq shahrida “FIBER GLASS COMPOSITE” MCHJda (rejaga qo‘shimcha) 1,0 mln dollar hisobiga 130 ming dona xrizotil-sementli quvurlar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi va 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Joriy yilning yarim yilligi bo‘yicha olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra tarmoq korxonalari tomonidan 288 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 107 foizga bajarildi.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlarga 62 mln dollarlik metaldan buyumlar, 30 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 16 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 33 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 22 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 20 mln dollarlik gulqog‘oz, 10 mln dollarlik tabiiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

3 18-08-2023.jpg

Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davtlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma forumlarda ishtirok etishmoqda.

Hisob kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda qurilish materiallari sohasida jami 35,3 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 115 foizni tashkil etilishi ko‘zda kutilmoqda. Jumladan, joriy yilda 17,0 mln tonna sement, 38 mln kv m qurilish oynasi, 76,0 mln kv m gipsokarton, 39 mln kv m keramik plitka, 3,2 mln o‘ram gulqog‘oz kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

2023 yilda 900 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-son qaroriga asosan 2023-yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 1,8 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan rejani 131,2 foizga bajarilishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qaroriga asosan, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xalqaro standartlarni o‘rganish, sohaga tadbiq etish hamda sifatli va xavfsiz yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida 2019-2021 yillarda jami 1 387 ta ISO va EN xalqaro standartlari qabul qilindi.

Tadbir davomida OAV o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech