O‘tgan 9 oyda 27,9 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi

News image

Oxirgi besh yilda respublikada qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi natijasida, bugungi kunda ushbu tarmoq mamlakat iqtisodiyotning asosiy “drayver” sohasiga aylanmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida qurilish materiallari sohasida ishlab chiqarish hajmi 112,3%ga o‘sib, 27,9 trln.so‘mni tashkil etdi. Sohaning mamlakat sanoatidagi ulushi 5,9%ni tashkil etdi.

IMG_4189.jpg

Jumladan, gipsokarton 59,2 mln. kv.m, sement 11,4 mln.t, gulqog‘oz (oboi) 2,0 mln.o‘ram, keramik plitka 25 mln. kv.m, ohak 240 ming tonna, devorbop materiallar 18,5 mln.dona kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarildi.

2023-yil yanvar-sentyabr oylarida soha korxonalari tomonidan 1,4 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. (o‘zlashtirish 102,4%) 598 ta ishga tushirilgan loyihalar bo‘yicha 14 598 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Joriy yil yakuni bilan sohada jami 2 mlrd dollarlik investitsiyalar, shundan 1,2 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

photo_2021-08-26_14-39-55 (2).jpg

Xususan:

– Andijon shahrida “Everest Metall Grand” MCHJ tomonidan qiymati 10 million dollarlik yiliga 20 ming tonna issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish;

– Samarqand tumanida “Kayumov Stroy Invest” MCHJ tomonidan qiymati 15,7 million dollarlik yiliga 200 ming metr kub gazobeton bloklarini ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech