O‘zbek tili bayrami tadbiriga marhamat!

News image

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilangan.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining (bundan keyin matnda–Uyushma deb yuritiladi) 2023-yil 10-oktabrdagi 99–sonli buyrug‘iga muvofiq, Uyushma tizimida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr–O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr–O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili- milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida, Uyushma ijro etuvchi apparatida Uyushma xodimlari, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirokida 2023-yil 27-oktabr kuni, soat 17.00da Uyushma idora binosining 5 qavatidagi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi vakillari ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tishini bildiramiz.

Barcha xodimlarni bayram tadbiriga taklif etamiz.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech