O‘zbek tili umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda

News image

27-oktabr kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ijro etuvchi apparatida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr–O‘zbek tili bayrami kuni umumxalq bayramiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Uyushma Boshqaruvi raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Azizbek Baxodirov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga joriy yil 21-oktabrda e’lon qilingan bayram tabrigi butun xalqimizning ko‘nglini tog‘dek ko‘targanligini ta’kidladi.

2 27-10-2023.jpg

Tabrikda aytilganidek, hech shubhasiz, azaliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimiz asrlar sinovidan bezavol o‘tib kelayotgan buyuk va bebaho ma’naviy boyligimizdir.

Ayniqsa, keyingi yillarda o‘zbek tili nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan muntazam yangrab kelayotgani barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlash bilan birga, dunyoda ona tilimizni o‘rganishga intilayotgan insonlar safini ham tobora kengaytirmoqda.

O‘tgan asr boshlarida ma’rifatparvar jadid bobolarimiz “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya asosida maydonga chiqib, xalqimizni mustamlaka zulmidan xalos qilish, uni zamonaviy ilm-fan, kasb-hunar va madaniyatga oshno etish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirgan edilar.

3 27-10-2023.jpg

Ana shunday mushtarak maqsadlar, umummilliy birlik va ahillik bugun biz uchun har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi o‘ta keskin va tahlikali zamonda faqatgina shu asosda o‘z milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qilishga, jumladan, ona tilimizni asrab-avaylash va boyitish, uni ilm-fan, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, axborot-kommunikatsiya, diplomatiya va boshqa muhim yo‘nalishlarda ta’sirchan muloqot vositasiga aylantirib, taraqqiyot sur’atlariga uyg‘un holda rivojlantirishga, xalqaro nufuzini munosib darajaga ko‘tarishga erisha olamiz.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlanganligiga har birimiz guvohmiz.

Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda bu go‘zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2023-yil 19-sentabrdagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 78-sessiyasidagi “Asosiy maqsad-hamjihatlik va amaliy hamkorlik ruhini saqlash, umumiy manfaatlarni mavjud ziddiyatlardan yuqori qo‘ygan holda mamlakatlarni jipslashtirish zarur” sarlavhali tarixiy nutqining jahon miqyosida o‘zbek tilida yangraganligini har bir o‘zbekistonlikning qalbida g‘urur va iftihor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Bugungi kunda o‘zbek tilini dunyo xalqlari sevib o‘rganmoqda hamda  Ona tilimizda so‘zlashmoqdalar.

4 27-10-2023.jpg

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdurazzoq Obro‘yev ishtirok etdi.

Abdurazzoq Obro‘yev O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning “Ona tilim”, “O‘zbekiston Vatanim manim” she’rlarini o‘qib berib, hassos shoir, o‘zbek tilining jonkuyarlaridan biri Abdulla Oripovning o‘zbek tili rivoji va mavqeini ko‘tarishdagi fidoyiligi to‘g‘risida qatnashchilar bilan o‘z xotiralarini bo‘lishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining vakili o‘zining ona tili haqidagi “O‘zbek tili” deb nomlangan she’rini ishtirokchilarga o‘qib berdi.

Qulog‘imga ilk bor kirgan kalom o‘zbekchada,
Alla aytgan tunlar bedor onam o‘zbekchada,
Yalla aytgan menga har tong otam o‘zbekchada,
Abdurazzoq ilk bor totgan taom o‘zbekchada...

Uyushma ijro etuvchi apparati hamda “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ, “O‘zbuildinvest” MCHJ xodimlari ishtirok etgan uchrashuv g‘oyat qiziqarli va sermazmun bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida notiq tomonidan ishtirokchilarning turli savollariga hayotiy misollar keltirilib berilgan batafsil javoblar barcha qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech