O‘zbekistgondagi yirik sement zavodlari haqida bilasizmi?

News image

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Respublikamizda jami 34 ta sement zavodlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning yillik quvvati 25,2 mln tonnani tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilda 14,6 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. Respublikamizda M-400 markadan tortib M-600 markagacha bo‘lgan sement mahsuloti tayyorlanadi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sementning 81 foizi yirik sement zavodlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Siz O‘zbekistondagi eng yirik sement zavodlar haqida bilasizmi?

5. Sherobod sement zavodi. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan. Zavod 2018 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,5 mln tonna. Korxona ishlab chiqarishda gazdan foydalanadi.

шерободцемент.jpg

4. "Bekobodsement" AJ. Mamlakatimizdagi eng keksa sement zavodi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan. Zavod 1926 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,6 mln tonna. Korxona ishlab chiqarishda gaz va ko‘mirdan foydalanadi.

бекободцемент.jpg

3. “Xuaksin Jizzax sement” MCHJ QK. Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan. Zavod 2020 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1, 66 mln tonna.Korxona ishlab chiqarishda gaz va ko‘mirdan foydalanadi.

хуакцинцемент.jpg

2. "Oxangaronsement" AJ. Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joyshlagan. Zavod 1961 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 4,2 mln tonna. Korxona ishlab chiqarishda gazdan foydalanadi. Bu yerda M-600 markadagi sement ham ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

охангаронцемент.jpg

1.“Qizilqumsement” AJ. Navoiy viloyatida joylashgan. Zavod 1977 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Yillik ishlab chiqarish quvvvati 5,7 mln tonna. Korxona ishlab chiqarishda gazdan foydalanadi. Bu yerda M-600 markadagi sement ham ishlab chiqariladi.

кизилкумцемент.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech