O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini muhokama qilindi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Ozarbayjon-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi bosh direktori Nazim Gadjiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Uyushma rahbariyati va ikki davlat ishbalarmon doira vakillari onlayn va offlayn tarzda ishtirok etishdi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik ivnestitsiya loyihalari va tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berdi.

IMG_0197.jpg

IMG_0200.jpg

Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-logistika, ikki davlatdagi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv davomida Ozarbayjonda qurilish materiallari sanoatida xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Xom-ashyo, bino va yer ajratish, tashqi kommunikatsiyalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi va bir qator mahalliy tadbirkorlarga hamkorlikda faoliyatni yo‘lga qo‘yish haqida rejalar taqdim etildi. Jumladan, O‘zbekistondagi avtoklav usulda gazobeton ishlab chiqaruvchi “Arton” va “Ytong” kompaniyalariga Ozarbayjonda investitsiya loyihasini davom ettirish bo‘yicha biznes takliflar bildirildi. Shuningdek, keramik plitka ishlab chiqaruvchi “Oriyent keramik” MCHJ bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, eksport imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha fikr bildirildi.

Shu kuni har ikkala davlat ishbilarmon doira vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan to‘liq javob olishdi. Shu bilan birga uyushma bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasida kelishib olishdi.

IMG_0206.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech