O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari Yevropa bozorlarida

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov Respublikada 2022 yilda qurilish materiallari eksporti tahlili haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda soha bo‘yicha jami 600 mln dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish rejalashtirilgan edi.

O‘tgan 2022 yil yakuni bo‘yicha olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra tarmoq korxonalari tomonidan 606,3 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 101 foizga bajarildi. Bu 2021 yilga nisbatan 138 foizni tashkil qildi yoki 168 mln dollarga ko‘p qurilish materiali eksport qilindi.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlarga 92 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 40 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 82 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 9 mln dollarlik sement, 44 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 38 mln dollarlik gulqog‘oz, 19 mln dollarlik tabbiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

E’tiborli jihati, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021 yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Misol uchun, 2021 yilga nisbatan keramik plitkalar 1,4 barobarga, gulqog‘oz 2,4 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 1,3 barobarga, oyna mahsulotlari 1,3 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Rossiya Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan kabi davlatlardan tashqari, Tailand, Belgiya, Fidji, Isroil, Ispaniya, Fransiya, Xorvatiya, Iroq, Braziliya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qo‘shni respublikalar hisoblanib, ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Qozog‘istonga – 177 mln dollarlik, Qirg‘izistonga – 89 mln dollarlik, Tojikistonga – 65 mln dollarlik, Turkmanistonga – 21 mln dollarlik, Afg‘onistonga – 2 mln dollarlik, Rossiyaga – 63 mln dollarlik, Litvaga – 17 mln dollarlik, Turkiyaga – 9 mln dollarlik, Ukrainaga – 3 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 8 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech