OʻzLiDeP PRESS KLUBI: Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash masalasi muhokama qilindi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas’ul vakillari joriy yilning 11-oktyabr sanasida “OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida “Qurilish sohasida sifat va xavfsizlikni ta’minlash masalasi” sohasidagi yig‘ilishda muhokama uchun taklif etildi.

Press-klubda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar, soha mutaxassislari, OAV vakillari, olimlar, partiya faollari hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 60-bandida hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar va kelgusidagi vaziflar muhokama qilindi. Tadbirda asosiy e’tibor qurilishdagi sifat va xavfsizlik, shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash masalalariga qaratildi.

Shuningdek yig‘ilishda Qurilish materiallari sohasida 2023-yilning I-yarim yilligida qurilish materiallari sohasida jami 16,1 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 106,2 foizni tashkil etgan. Jumladan, o‘tgan hisobot yilida 7,034 mln tonna sement (2022 yilga nisbatan 102,5 %), 12,9 mln kv m qurilish oynasi (85,0 %), 36,0 mln kv m gipsokarton (124,6 %), 16,2 mln kv m keramik plitka (115,1 %), 1,273 mln o‘ram gulqog‘oz (102,6 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgaligi Uyushma vakillari tomonidan ma’lumot sifatida aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, yurtimizda qurilish ishlari hajmi 2016 yilga nisbatan deyarli 4,5 barobarga oshdi, ya’ni 2022 yil yakuni bo‘yicha 130 trln.so‘mdan (2016 yilda 29,4 trln.so‘m bo‘lgan) oshdi. Joriy yilning yanvar-avgust oylarining o‘zida 93,3 trln.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, qurilish ishlari hajmining oshib borishi, qonun buzilishlar oldini olish, sifatli ob’ektlarni barpo etish, qurilgan binolarning insonlar uchun xavfsiz bo‘lishini ta’minlash masalalari tobora dolzarblashib boradi.

Shuningdek, aholining ijtimoiy sharoitlarini tahlil qilgan holda ularni arzon uy-joylar bilan ta’minlash bugungi kunning asosiy talablaridan bo‘lmoqda.

Press klub davomida kun tartibidagi masala yuzasidan vazirlik va idoralar vakillari, olimlar va deputatlar so‘zga chiqib, o‘zlarining turli hil fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir yakunida O'zLiDeP deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari hamda partiya faollari bilan birgalikda qurilishdagi sifat va xavfsizlikni ta’minlash, aholini uchun arzon uy-joylar qurishda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda hamkorlikda ishlarni tashkil qilishga kelishib olindi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech