“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axboroti

News image

Joriy yil 9-dekabr kuni “@kompromatuzb” telegram kanalida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyatiga tegishli tanqidiy fikrlar bildirilgandi.

Jumladan, Uyushma raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Azizbek Baxodirovning faoliyatiga oid asoslanmagan ma’lumotlar e’lon qilingan.

Texnika fanlari doktori, professor Azizbek Baxodirov 2019-yil 8-iyuldan Uyushma Boshqaruvi raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Uyushma Boshqaruvi raisi lavozimi 2020-yil 6-noyabrdan buyon vakantligi sababli, Uyushma Ta’sischilarining 2020-yil 9-noyabrdagi umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan hamda o‘zaro o‘rin almashinuvi, shuningdek lavozim yo‘riqnomasi talablariga ko‘ra, Azizbek Baxodirov Uyushma Boshqaruvi raisining majburiyatlarini vaqtinchalik bajarib kelmoqda.

Uyushma rahbariyati va buxgalteriyasiga ayrim xodimlarda norozilik 2022-yilning uchinchi choragi natijalari bo‘yicha mukofot puli o‘z muddatida qisman to‘lanmaganligi natijasida kelib chiqqanligi aniqlandi. Moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, ushbu to‘lovlar bugungi kunda to‘liq to‘lanishi ta’minlandi.

2022-yilda erishilayotgan natijalarni o‘tgan besh yil oldingi raqamlar bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, Uyushma tizimida mahsulot ishlab chiqarish hajmi – 3 barobarga, eksport – 6,1 barobarga, mahalliylashtirish – qariyb 9 barobarga, investitsiyalarni o‘zlashtirish – 2 barobarga oshganligini ko‘rish mumkin. Natijada joriy 2022-yil yakuni bilan 610 mln dollarlik eksport amalga oshirilishi kutilmoqda va 2023-yilda ushbu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish ta’minlanadi.

E’tiborlisi, sohaga ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish natijasida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari va turlari keskin o‘sishiga erishildi. Xususan, bazaltdan kompozit qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 2019-yilga nisbatan qariyb 3 barobarga, gazobeton bloklari ishlab chiqarish hajmlari qariyb 8 barobarga oshgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech