"O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi faoliyati o‘rganildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda tashkilotning joriy faoliyati va rivojlanish rejalari tahliliy-tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Tashrif davomida uyushma rahbariyati tomonidan sohada erishilgan yutuqlar, investitsiya loyihalarining borishi, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, sanoat korxonalar faoliyati, shuningdek, eksport imkoniyatlar, mahalliylashtirish dasturining ijrosi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

IMG_6708.jpg

Xususan, keyingi 5 yilda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohotlar natijasida qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi.

Qurilish materiallari sanoatining yillik ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 8,1 trln so‘mdan 2021 yilda 24,2 trln so‘mga (3 barobar) oshdi. Jumladan,
sement ishlab chiqarish 14,2 mln tonnaga (o‘sish 1,6 barobar);
qurilish oynasi – 28 mln kv metrga (2,2 barobar);
keramik plitka – 22 mln kv metrga (2,3 barobar);
gulqog‘oz – 2,6 mln o‘ramga (129 barobar);
shu kabi gipsokarton plitalari 68 mln kv metrga (2,3 barobar) yetkazildi.

Sohaga 2017 yilda 560 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 1,4 mlrd dollarga yoki 2,5 barobarga oshdi. Shuningdek, eksport hajmi 71,4 mln dollardan 438,1 mln dollarga (6,1 barobar) yetkazildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 103,2 mlrd so‘mdan 923 mlrd so‘mni tashkil etib, 8,9 barobarga oshdi.

photo_2022-09-06_21-11-20.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” imkoniyatlari bilan ham bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv yakunida sohaning rivojlanish istiqbollari yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni qo‘llash lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, import ko‘lamini qisqartirish, investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ularning taklif va muammolari asosida kelgusidagi rejalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech