“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va "Bellesbumprom" konserni o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

News image

Samarqandda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi hukumatlari delegatsiyalari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi o‘sib bormoqda.

IMG_2892.JPG

IMG_2907.JPG

IMG_2924.JPG

Yig‘ilishda, shuningdek sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish, hududlararo hamkorlik salohiyatini mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlar ko‘lamini kengaytirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

IMG_2946.JPG

Shuningdek, O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining ikki yuzdan ortiq vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida mamlakat iqtisodiyotiga 100 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etish rejalashtirilgan.

Biznes forum doirasida O‘zbekiston va Belarus Respublikalari o‘rtasida Konchilik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyasining 10-majlisi ham bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari B.Bobokulov ishtirok etib, mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati va asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berdi.

IMG_3032.JPG

E’tiborlisi yakunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va "Bellesbumprom" konserni o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech