OAV vakillari avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi "AKFA BUILDING MATERIALS" MCHJda

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan OAV vakillari uchun “YTONG” brendi ostida avtoklav gazobeton bloklari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “AKFA BUILDING MATERIALS” MCHJga press-tur tashkil etildi. Unda soha mutaxasislari, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona mutaxassislari jurnalistlari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Unda korxona faoliyati, quvvati va mahsulotlar haqida qisqacha ma’lumot berildi.

IMG_9110.jpg

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “AKFA BUILDING MATERIALS” MCHJ avtklav gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha eng yetakchilardan biri hisoblanadi. Bu yerda yiliga 500 ming metr kub gazobeton ishlab chiqariladi. Korxona to‘liq Germaniyaning “MASA GMBH” kompaniyasi texnologiyalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan. Korxona 2022-yilda investitsiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan. Bu yerda 150 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. E’tiborlisi, korxonada tayyorlangan mahsluotlarga nafaqat mahalliy bozorda, balki qo‘shni davlatlarda ham talab yuqori. Hozirda Qozohiston va Qirg‘iziston Respublikasi tadbirkorlari bilan shartnomalar imzolangan.

IMG_9112.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari avtoklav gazobeton bloklarining xususiyatlari, turlari va uning ishlatilishi haqida ko‘rgazma tashkil etildi. Mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoiysh etishdi.

Shuningdek, press sayohat ishtirokichlari ishlab chiqarish jarayonlari, laboratoriya faoliyati, ishchi-xizmatlarchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

– Ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilganimiz boisi jaxon standartlaridagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishmoqdamiz, – deydi korxona direktori Ayubxon Nuritdinov. – Xom ashyoni ilm-fan yutuqlari asosida chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yib mahsulotlar tannarxini pasaytirish va qo‘shilgan qiymat xosil qilish bo‘yicha soha olimlari bilan hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda korxonamiz mahsulotlari istagan xorijiy brendlar bilan tenglasha oladi.

IMG_9118.jpg

Shundan so‘ng OAV vakillari ishlab chiqarish jarayoni bilan ham yaqindan tanishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

photo_2023-07-11_14-50-54 (2).jpg

photo_2023-07-11_14-50-54 (3).jpg

Ma’lumot uchun, Gazobeton – g‘ovak (teshik-teshik) betonning bir turi bo‘lib, zamonaviy qurilish materiali. Uni ba’zan “sun’iy tosh” deb ham atashadi. Oddiy betondan farqi – tarkibida 1-3 millimetrli pufaklar mavjud bo‘lib, ular tufayli beton yengil, yetarli darajada mustahkam, issiq va sovuqdan yaxshi himoyalash xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shuningdek, tabiiy gazni 8 marta kam sarflashi, energiya tejamkorligi va eng asosiysi, unumdor tuproqning ishlatilmasligi bilan pishiq g‘ishtdan bir necha marotaba afzalligi bilan ajralib turadi.1 metr kub metr g‘isht 1800-2000 kg og‘irlikka ega bo‘lsa, shu hajmdagi gazobetonning og‘irligi atigi 500-700 kg ni tashkil etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech