OAV vakillari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida OAV vakillari uchun press-tur etildi. Unda jurnalistlar bilan bir qatorda, tadbirkorlar va qurilish tashkiloti vakillari ishtirok etishdi. Dastlab, tadbir ishtirokchilar uyushmada tashkil etilgan Respublikada ishlab chiqarilgan qurilish materiallari "shourum"iga sayohat qilishdi. Tur davomida yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan qurilish materiallari turlari, xom-ashyo manbai haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shu bilan birga tadbirkorlar bilan muloqot ham tashkil etildi.

IMG_6520.jpg

Shundan so‘ng media vakillari “O‘zsanoatqurilishbank” ATB ko‘magida bunyod etilgan “Tadbirkorlar maktabi” bilan yaqindan tanishishdi. Bu yerdagi tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Press-tur davomida matbuot anjumani ham o‘tkazildi. Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov ishtirok etdi. Anjumanda mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati, yirik investitsiya loyihalari, mamlakatimizdagi sanoat korxonalar faoliyati, "Tadbirkorlar maktabi" haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Keyingi 5 yilda mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida olib borilgan ijobiy islohatlar natijasida qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi,– deydi A.Bahodirov. –Xususan, qurilish materiallari sanoatining yillik ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 8,1 trln so‘mdan 2021 yilda 24,2 trln so‘mga (3 barobar) oshdi. Sohaga 2017 yilda 560 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 1,4 mlrd dollarga yetdi.

IMG_6534.jpg

Shuningdek, eksport hajmi 71,4 mln dollardan 438,1 mln dollarga (6,1 barobar) yetkazildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 103,2 mlrd so‘mdan 923 mlrd so‘mni tashkil etib, 8,9 barobarga oshgan. Joriy yilning I yarim yilligida qurilish materiallari sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 15,0 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 108 foizni tashkil etdi.

Press-tur davomida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob olishdi.

IMG_6535.jpg

IMG_6537.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech