OAV vakillari uchun “GAZGAN MARBLE GROUP” MCHJga press-tur tashkil etildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida Navoiy erkin iqtisodiy zonasida joylashgan Respublikada yagona kompozit qoplama plitalar ishlab chiqaruvchi “GAZGAN MARBLE GROUP” MCHJ ga OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda korxona rahbar va xodimlari, uyushma mutaxassislari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona mutaxassislari tadbir ishtirokchilari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Unda korxona rahbari zavod faoliyati, quvvati, mahsulot turi va sifati, ishlab chiqarish jarayoni haqida qisqacha ma’lumot berdi.

photo_2023-06-22_22-30-38.jpg

photo_2023-06-22_22-30-39.jpg

Ta’kidlanishicha, korxona 2022-yil foydalanishga topshirilgan bo‘lib bu yerda kompozit qoplama plitalar va me’moriy mahsulotlari ishlab chiqariladi. Investitsiya loyihasining qiymati 30,6 mln dollarni tashkil etadi. Mega zavodda yiliga 300 ming kv.metr kompozit qoplama plitalar va 500 tonna me’moriy mahsulotlar tayyorlanadi. Korxonaga Italiyaning mashhur energiya tejamkor “breton” texnologiyalari o‘rnatilgan. Korxonada hozirda 200 dan ortiq navoiylik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

photo_2023-06-22_22-30-40.jpg

photo_2023-06-22_22-30-41.jpg

E’tiborlisi, korxona “breton” xalqaro guruhi tomonidan qabul qilingan eng zamonaviy standartlarga muvofiq barpo yetilgan. Bu ishlab chiqarishning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish madaniyatidan tortib, ekologik xavfsizlik qoidalarini qamrab oladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy me’yorlarga va jahon standartlariga amal qiladi. Ahamiyatlisi, kompozit qoplama plitalar ishlab chiqarish jarayonida chiqindi chiqarish ko‘rsatkichi nolga teng.

Hozirda bu yerda turli o‘lchamdagi 10 ga yaqin mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlar nafaqat mahalliy balki qo‘shni davtlarda ham xaridorgir. Bugungi kunda korxonamiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinmoqda. Shuningdek eksport salohiyatini oshirish maqsadida Qirg‘iziston va Tojikiston bilan muzokaralar olib borilmoqda.

photo_2023-06-22_22-30-42.jpg

photo_2023-06-22_22-30-43.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari uchun korxona laboratoriyasida mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi. Sinov poligonlaridagi muvafaqiyatlar ham jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, press sayohat ishtirokichlari ishlab chiqarish jarayonlari, ishchi-xizmatlarchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech