OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va ”O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida «Surxon KSP Grand» MCHJ QK ga press-tur tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona mutaxassislari jurnalistlari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Unda korxona faoliyati, quvvati va mahsulotlar haqida qisqacha ma’lumot berildi.

IMG_7307.jpg

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda Surxondaryo viloyatida qamishdan DSP ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyiha amalga oshirilgan. Muzrobod tumanida “Surxon KSP-Grand” MCHJ tomonidan yillik quvvati 150 ming kub metr DSP ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Loyiha qiymati 9,1 mln dollar bo‘lib, bu yerda 200 ta doimiy va 2000 ga yaqin mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi. Korxona ish faoliyati to‘liq avtomatlashtirilgan. So‘nggi rusumdagi energiya tejamkor uskunlar o‘rnatilgan.

IMG_7308.jpg

IMG_7310.jpg

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududda yillik quvvati 45 ming metr kub qamish asosida DSP ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Surxondaryota’minbutlash" MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yillik quvvati 10 ming metr kub DSP bo‘lgan "Sifat Invest Kompaniyasi" MCHJ faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, “Muynak LDSP” MCHJ tomonidan esa o‘tgan yil dekabr oyida 50 ming metr kub DSP ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Buxoro viloyatida yog‘och sanoati chiqindilaridan esa yiliga 10 ming metr kub MDF tayyorlash korxonasi ishlamoqda.

Press-tur davomida OAV vakillari qamishdan tayyorlangan DSP mahsulotlarining xususiyatlari, turlari va uning ishlatilishi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi.

IMG_7312.jpg

IMG_7315.jpg

Shuningdek, press sayohat ishtirokichlari ishlab chiqarish jarayonlari, laboratoriya faoliyati, ishchi-xizmatlarchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng OAV vakillari ishlab chiqarish jarayoni bilan ham yaqindan tanishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

IMG_7317.jpg

IMG_7319.jpg

Ma’lumot uchun DSP asosan yurtimizga Rossiya Federatsiyasi va Belarus davlatlaridan import qilinadi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida yurtimizda ham mebelsozlik sanoatini rivojlantirish, mahalliy bozorni arzon va sifatli DSP mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida bir qator yirik investitsiya loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda o‘rmon xo‘jaliklari kamligi inobatga olingan holda g‘o‘zapoya yoki qamish asosida DSP tayyorlashga ixtisoslashgan sanoat korxonalari barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech