Oliy ma’lumot olishdagi imkoniyatlarni boy bermang!

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-iyundagi F-31-sonli “2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” Farmoyishi qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga muvofiq, talabgorlar bilan suhbat o‘tkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan talabgorlar 2023-yil 21-iyuldan 10-avgustga (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati 46-qatorida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar hisobidan, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi har bir o‘quv yili uchun Uyushma ijro etuvchi apparati hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan o‘z tarkibidagi korxonalarning kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlariga ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan test sinovlarisiz o‘qishga kirishlariga 2023-yil 10-avgustga qadar tegishli tavsiyanomalar berilishini eslatamiz.

Marhamat, berilgan mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri va samarali foydalaning!

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech