Oliy ma’lumot olishdagi imkoniyatlarni boy bermang!

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi F-60-sonli “2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni bilan:

iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlangan. Bunda ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 8 avgustdan 22 avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur ro‘yxatning 46-qatorida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 noyabrdagi 675-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar hisobidan, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi har bir o‘quv yili uchun Uyushma ijro etuvchi apparati hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan o‘z tarkibidagi korxonalarning kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlariga ish faoliyatiga mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan test sinovlarisiz o‘qishga kirishlariga 2022 yil 22 avgustga qadar tegishli tavsiyanomalar berilishini eslatamiz.

Marhamat, berilgan mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri va samarali foydalaning!

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech