Ozarbayjon davlatiga 3,7 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi

News image

Bugun AOKAda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov “Qurilish materiallari eksport” tahlili haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2023-yilda soha korxonalariga 900 mln dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish reja ko‘rsatkichlari belgilangan.

Joriy yilning yarim yilligi bo‘yicha olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra tarmoq korxonalari tomonidan 288 mln dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 107 foizga bajarildi.

Yuqoridagi eksport ko‘rsatkichlarga 62 mln dollarlik metaldan buyumlar, 30 mln dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 16 mln dollarlik alyumin profil va panellar, 33 mln dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 22 mln dollarlik quruq qurilish qorishmalari, 20 mln dollarlik gulqog‘oz, 10 mln dollarlik tabiiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallar eksport qilish hisobiga erishildi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Afg‘oniston, Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Shuningdek, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi hamkorlarni topish maqsadida mahalliy tadbirkorlar va uyushma mutaxassislari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Xitoy, Eron kabi davtlarda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazma forumlarda ishtirok etishmoqda.

E’tiborli jihati, aksariyat qurilish materiallar bo‘yicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb qilinishi hisobiga ba’zi turdagi qurilish materiallari eksportini bir necha barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.

Misol uchun, 2022-yilga nisbatan keramik plitkalar 1,5 barobarga, gulqog‘oz 1,1 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 1,4 barobarga, metall buyumlar 1,3 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qo‘shni respublikalar hisoblanadi. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Qozog‘istonga – 97,3 mln dollarlik, Rossiyaga – 55,5 mln dollarlik, Qirg‘izistonga – 47,0 mln dollarlik, Tojikistonga – 43,4 mln dollarlik, Litvaga – 14,7 mln dollarlik, Latviyaga – 8,0 mln dollarlik, Turkmanistonga –7,9 mln dollarlik, Koreyaga ga – 5,7 mln dollarlik, Afg‘onistonga – 1,0 mln dollarlik, Ozarbayjonga – 3,7 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech