Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” savdo uyi ochildi

News image

Mamlakatimiz va Ozarbayjon davlatlari o’rtasida siyosiy-ijtimoiy, moliyaviy-iqtisodiy, investitsiyaviy yo’nalishlarida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib  bormoqda. Natijada ikki davlat o’rtasida tovar ayriboshlash hajmi yil sayin ortmoqda. O’zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmon doira vakillari o’rtasida o’zaro ishonchga asoslangan aloqalar rivojlanyapti.

photo_2023-12-02_11-28-58.jpg

Iqtisodiyotimizning asosiy drayver sohalaridan biri bo’lmish qurilish materiallari sanoati bo’yicha ham ijobiy o’zgarishlar kuzatilmoqda. Hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport-import ko’lamini yanada kengaytirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina Ozarbayjonga 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 6,2 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi. Jumladan, 1,6 mln. dollar gulqog’oz, 930, 8 ming dollar temir buyumlari, 349,8 ming dollar PVX truba va fitinglar kabi mahsulotlar yetkazilgan.

photo_2023-12-02_11-28-58 (3).jpg

photo_2023-12-02_11-28-58 (4).jpg

O’zbekiston va Ozarbayjon o’rtasida qurilish materiallari eksportini yanada oshirish, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o’rtasida savdo aloqalarini rivojlantirish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Green Stream international” kompaniyasi bilan imzolangan memorandumga ko’ra Ozarbayjonning Boku shahrida “Made in Uzbekistan” savdo uyi tashkil etildi.

photo_2023-12-02_11-28-59 (2).jpg

photo_2023-12-02_11-28-59.jpg

Bugun ushbu savdo maskanining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O'zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi, “O’zsanoatqurilsihmateriallari” uyushmasi va “Green Stream international” kompaniyasi rahbariyati, ikki davlat tadbirkorlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Boku shahrining Favarallar ko’chasi, 1-uyda umumiy maydoni 400 kvadrat metr bo’lgan “Made in Uzbekistan” savdo uyidan nafaqat qurilsih materiallari balki mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to’qimachilik, charm-poyavzal, elektro-texnika mahsulotlari ham joy olgan.

photo_2023-12-02_11-29-00 (2).jpg

photo_2023-12-02_11-29-00.jpg

Tadbir davomida ikki davlat tadbirkorlari o’rtasida uchrashuvlar ham tashkil etildi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech