Ozarbayjonda “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari “Savdo uyi” ochiladi

News image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ldi. Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bu mamlakatga tashrifi ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Tashrif chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish deklaratsiyasi hamda boshqa 18 ta hujjat imzolandi. Shu munosabat bilan ikki davlat o‘rtasida sanoat mahsulotlari ya’ni qurilish materiallari eksport hajmini kengaytirish, hamkorlikda yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

1 5Y3A0007.jpg

2 5Y3A0021.jpg

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosida yirik hajmda qurilish materiallari ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Greenstream International» MCHJ kompaniyasi rahbari Ramin Sharifov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

3 05Y3A0006.jpg

4 5Y3A0011.jpg

Unda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ishbilarmon doira vakillari ham ishtirok etishdi. Anjumanda qurilish materiallari sanoati sohasida eksport, investitsiya va kooperatsiya yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirib borish, transport logistikasi bo‘yicha so‘z yuritildi. Shuningdek, Ozarbayjon davlatida qurilish materiallarini eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston-Ozarbayjon “Savdo uyi” ochish bo‘yicha muzokaralar ham olib borildi. E’tiborlisi, ushbu savdo maskani shou-rumida “made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida ishlab chiqarilgan qurilish materiallari namoyish etiladi hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari haqida to‘liq ma’lumotlar berib boriladi.

5 5Y3A0114.jpg

6 5Y3A0410.jpg

Tadbir doirasida mexmonlar yangi qurilish materiallari texnologiyalarini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish, qurilish-montaj ishlarida samaradorlikni oshirish hamda Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech