“Petrawool” MCHJ - mineral issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona

News image

Iqlim o‘zgarishi bilan energiya tejamkor texnologiya va mahsulotlarga bo‘lgan talab yil sayin ortib bormoqda. Xususan, innovatsion, energiya sarfini kamaytiruvchi qurilish materiallariga bo‘lgan talab o‘sib bormoqda. Boisi, shaharsozlik normasiga ko‘ra 2023-yildan qurilayotgan ko‘p qaqatli uylarni ushbu mahsulot bilan koplash majburiy etib belgilandi. Maqsad energiya sarfini kamaytirish, bino va inshootlarda mo‘tadil iqlimni saqlash. Issiqlik saqlovchi materiallar uy yoki binoni yozdi sovuq, qishda esa issiq holda saqlab beradi.

IMG_9133.jpg

IMG_9139.jpg

Navoiy shahrida joylashgan “Petrawool” MCHJ qo‘shma korxonasida aynan shunday mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonada yiliga 30 ming tonna bazalt toshidan mineral issiqlik saqlovchi plitalar tayyorlanadi. Bu yerga Xitoydan davlatidan keltirilgan so‘nggi rusumdagi texnologiyalar o‘rnatilgan. Sifat nazoratini o‘rnatish maqsadida xorijiy mutaxassislar ham jalb qilingan. Qiymati 11,7 mln. dollar bo‘lgan loyiha amalga oshirilgach 250 nafar yangi ish o‘rinlari ham yaratildi.

IMG_9142.jpg

IMG_9144.jpg

Hozirda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nafaqat mahalliy balki qo‘shni davlatlar bozorida ham talab yuqori. Ayni kunlarda “Petrawool” MCHJ eksport ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech