Poytaxtimizda yana bir yirik sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Raqamli transformatsiya markazi tomonidan “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida ochilish Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ochib berdi. Har yilgidan o‘zgacha, keng qamrovda tashkil etilgan bu yilgi yarmarkada import bo‘yicha yirik tarmoq korxonalari tomonidan xarid qilingan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ham namoyish qilinmoqda. Bu, o‘z navbatida, mahalliy sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga o‘z faoliyat sohasini yanada kengaytirish, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari nomenklaturasini oshirish uchun yangi biznes-g‘oyalar shakllantirish imkonini beradi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni bir platformada jamlash, o‘zaro fikr va tajriba almashishga xizmat qiluvchi bu yilgi yarmarkadan talay ijobiy natijalar kutilyapti.

IMG_9942.jpg

IMG_9943.jpg

IMG_9944.jpg

IMG_9945.jpg

Mehmonlar yarmarkada viloyatlardan tashrif buyurgan 400 dan ziyod to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, qurilish materiallari, kimyo sanoati, elektrotexnika, avtomobilsozlik korxonalari mahsulotlari va viloyatda ishlab chiqarilayotgan boshqa sanoat mahsulotlari namunalari, o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar, sanoat kooperatsiyasi orqali mahalliylashtirishga taklif qilinayotgan mahsulotlar hamda istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

IMG_9946.jpg

IMG_9948.jpg

IMG_9950.jpg

IMG_9951.jpg

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi tadbirda qurilish materiallari sanoatidan 50 dan ortiq korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Ma’lumki, Toshkent shahri eng yirik megapolis bo‘lganligi tufayli bu yerda boshqa hududlarga qaraganda qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Yildan-yilga sanoat korxonalari soni ham ortib bormoqda. Hududda tabiiy padozbop toshlarsidan tortib suyuq oboygacha ishlab chiqariladi. Shu bois sanoat yarmarkasida qurilish materiallari paviloni yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etish bilan bir qator shartnomalar imzolashga ham erishishdi.

IMG_9952.jpg

IMG_9953.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech