“PSP Engineering” kompaniyasi direktorlar Kengashi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Chexiya Respublikasining “PSP Engineering” kompaniyasi direktorlar Kengashi raisi, boshqaruvchi direktor Mikola Narevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Uyushma rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, sement ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari va uyushma faoliyati haqida ma’lumot berdi.

IMG_9756.jpg

Shuningdek, sement zavodlarini muqobil energiyaga o‘tkazishdi texnik va texnologik jihatlari, ushbu jarayonda Chexiya tajribasi haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga uyushma bilan hamkorlikdagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasida kelishib olishdi.

IMG_9757.jpg

Tadbir davomida O‘zbekistonda sement ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, transport logistikasi, xom ashyo masalasida ham fikr almashildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech