Qamish va g‘o‘zapoya asosida DSP tayyorlanmoqda

News image

Ma’lumki, mebelsozlikda foydalaniladigan asosiy xom-ashyo bu – DSP. DSP mahsuloti - yog‘och yoki taxta qirindisini maxsus yelim (Formalin-37%, “A” markadagi karbamid) orqali biriktirib, 200 gradus issiqlikda presslash orqali ishlab chiqariladi. DSP asosan yurtimizga Rossiya Federatsiyasi va Belarus davlatlaridan import qilinadi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida yurtimizda ham mebelsozlik sanoatini rivojlantirish, mahalliy bozorni arzon va sifatli DSP mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida bir qator yirik investitsiya loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda o‘rmon xo‘jaliklari kamligi inobatga olingan holda g‘o‘zapoya yoki qamish asosida DSP tayyorlashga ixtisoslashgan sanoat korxonalari barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, 2013-2022 yillarda Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 ta loyiha amalga oshirildi.

photo_2023-01-09_19-56-51.jpg

Xususan, Farg‘ona viloyatida "Yaypan vodiy laminati" MCHJ tomonidan 2013 yilda 1,2 mln dollar hisobiga yillik quvvati 10 ming kub metr bo‘lgan terak va yog‘och sanoati chiqindilaridan DSP ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilgan.

photo_2023-01-09_19-56-52 (2).jpg

Surxondaryo viloyatida «Surxon KSP Grand» MCHJ QK tomonidan yiliga 180 ming metr kub qamish asosida DSP ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, hududda yillik quvvati 45 ming metr kub qamish asosida DSP ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Surxondaryota’minbutlash" MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yillik quvvati 10 ming metr kub DSP bo‘lgan "Sifat Invest Kompaniyasi" MCHJ faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, «Muynak LDSP» MCHJ tomonidan esa o‘tgan yil dekabr oyida 50 ming metr kub DSP ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.

photo_2023-01-09_19-56-52.jpg

Buxoro viloyatida yog‘och sanoati chiqindilaridan esa yiliga 10 ming metr kub MDF tayyorlash korxonasi ishlamoqda.

photo_2023-01-09_19-56-53.jpg

Ma’lumot uchun, mazkur korxonalarni to‘liq quvvatda ishlashini ta’minlash uchun kimyo sanoati korxonalari tomonidan yiliga 19,8 ming tonna formalin-37% va 9.2 ming tonna “Karbamid-A” xom-ashyosi kerak bo‘ladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech