Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallari sanoati rivoji raqamlarda

News image

Qashqadaryo viloyatda joriy yilda 1 trln 350 mlrd. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Jumladan, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarish hajmi 1 trln 064 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, o‘tgan 9 oyda hududda 2,2 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 356 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

IMG_9733.jpg

Viloyatda investitsiya dasturlari doirasida joriy yilda viloyatda jami 70,4 mln. dollar shundan 31,2 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida amalda jami 51,0 mln. dollar o‘zlashtirildi.

Qashqadaryo viloyatida 2024-yilda mavjud quvvatlarning oshirilishi, yangi loyihalarning ishga tushirilishi hamda energiyatejamkor, yangi turdagi mahsulotlarni eksportga jalb qilish natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga oshirib 1,5 trln. so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, Qamashi tumanida Ozarbayjonning “Matanat” MCHJ XK tomonidan birinchi bosqichda 20 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga yillik quvvati 150 ming tonna bo‘lgan gips mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihani joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

E’tiborlisi, ikkinchi bosqichda 30 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga 2024-yilda qiymati yillik quvvati 20 mln. kv. metr bo‘lgan gipsokarton ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

IMG_9751.jpg

Ushbu ikkita loyihani ishga tushirish natijasida yiliga 40 mln dollarlik gips mahsulotlari va gipsokarton ishlab chiqarilib, shundan, 8,0 mln dollar eksport qilinadi.

Kitob tumanida Avstriyaning “Lasselsberger Group” kompaniyasi tarkibidagi “LB Minerals” korxonasi tomonidan qiymati 15 mln. dollarlik yillik quvvati 250 ming tonna mikrokalsit va quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Natijada, yiliga 25 mln. dollarlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, shundan, 3 mln. dollar eksport qilinadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech