Qatar kompaniyasi qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihalarida ishtirok etadi

News image

Oʻzsanoatqurilishbank bosh ofisida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash hamda “Qatar National Cement” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda hududlardagi mavjud xom ashyo zaxirilaridan foydalanib, qurilish materiallari sanoatida innovatsion, energiya tejamkor, eksportbop va import oʻrnini bosuvchi investitsion qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi. Shuningdek, kadrlar tayyorlashda yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilish, xalqaro akkreditlangan sinov laboratoriyalari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan ham qator kelishuvlarga erishdi.

photo_2023-11-03_16-36-39.jpg

Maʼlumot uchun, “Qatar National Cement” kompaniyasi 1965-yildan buyon faoliyat yuritadi va qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha mintaqadagi yirik kompaniyalar sirasiga kiradi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech