“Qavali” kichik sanoat zonasidagi qurilish materiallari korxonalari OAV nigohida

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida OAV vakillari uchun Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashriflarida davomida tanishgan Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasida joylashgan korxonalariga press-tur tashkil etildi. Unda soha mutaxasislari, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, jurnalistlar “Alptom” MCHJda bo‘lishdi. Korxona mutaxassislari jurnalistlari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Unda amalga oshirilishi kutilayotgan investitsiya loyihalari, korxona faoliyati, quvvati va mahsulotlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shu yerning o‘zida mahsluotlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

IMG_9727.jpg

IMG_9730.jpg

Navbatdagi manzil “Qarshi mebel” MCHJ. Tadbir ishtirokchilari korxona rahbari bilan muloqot qilishdi. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayoni, tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishishdi. Korxonada asosan ta’lim muassasalari uchun mebellar ishlab chiqarilishi barchani diqqat e’tiborini tortdi. Jamiyat Turkiya, Germaniya va Xitoy davlatining zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan. Qalam axli shu yerda tashkil etilgan shourumda ham bo‘lishdi.

Ta’kidlanishicha, “Qarshi mebel” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 8,5 mlrd so‘m bo‘lgan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilgan. Bu yerda yiliga 4 ming dona turli ko‘rinishdagi mebellar ishlab chiqariladi. Loyiha shu yili sentyabr oyida ishga tushirilgan. E’tiborlisi, 50 nafar qashqadaryolik yoshlar ish bilan ta’minlangan.

IMG_9733.jpg

IMG_9736.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari “Pegas” MCHJ ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Korxona rahbari mexmonlarga to‘liq ma’lumot taqdim etdi. Bu yerda o‘rnatilgan texnologiya va uskunalar, mahsulot turlari barchada iliq taassurot qoldirdi.

“Pegas” korxonasida temirni qayta ishlash, lak-bo‘yoq, eshiklar hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyihaning qiymati 13 milliard so‘mdan ziyod bo‘lib, bu yerda 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab yuqori.

IMG_9741.jpg

IMG_9743.jpg

Ma’lumot uchun, Viloyatda joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarish hajmi 1 trln 064 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Shuningdek, yanvar-sentyabr oylarida 2,2 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi.Mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yil yanvar-sentyabr oylarida 356 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

IMG_9747.jpg

IMG_9749.jpg

IMG_9751.jpg

IMG_9752.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech